Londonning «Arsenal» klubi ustozi Mikel Arteta «Jirona»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidagi (4:1) jamoa o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Kanonirlar» Kay Xavers, Xristos Solis, Maks Douman va Gabriel Jezusning gollari evaziga zafar quchishdi.
«Men juda mamnunman. Sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan ko‘plab g‘oyalarimiz ajoyib tarzda amalga oshdi. Albatta, jamoa optimal formaga kirishi uchun hali juda ko‘p ishlashimiz kerak, ammo fikrimcha, biz to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanmoqdamiz», — dedi Arteta «Arsenal» rasmiy saytiga.
5 avgust kuni Angliya chempionlari navbatdagi mavsumoldi uchrashuvini o‘tkazishadi — raqib «Betis» bo‘ladi.













