Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» Skalvini uchun kurashga qo‘shildi

«Chelsi» Skalvini uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

«Chelsi» «Atalanta» himoyachisi Djordjo Skalviniga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Goal.com nashri xabariga ko‘ra, londonliklar Italiya terma jamoasining 22 yoshli futbolchisi vakillari bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer shartlari bilan qiziqishgan.

Manbaning ta’kidlashicha, «Atalanta» o‘z tarbiyalanuvchisini taxminan 48,7 million yevroga baholamoqda va bu summadan past takliflarni ko‘rib chiqmoqchi emas. O‘tgan mavsumda himoyachi 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. shuningdek, u o‘z hisobiga 2 ta sariq va 1 ta qizil kartochka yozib qo‘ydi.

«Chelsi» Skalvini uchun kurashayotgan yagona klub emas. Avvalroq «Nyukasl» ham futbolchining atrofidagilar bilan aloqa o‘rnatgan, shuningdek, vaziyatni «Tottenxem» ham sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.

Kiritildi: 17:53, 02.08.2026.
O'qildi: 880 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик