«Yuventus» «Bayer» hujumchisi Kerim Alaybegovich transferini rasman ma’lum qildi. Xabar berilishicha, «byankoneri» futbolchi uchun 33 mln yevro to‘laydi, bitimda yana 7 mln yevro bonus ko‘zda tutilgan.
Kerim o‘tgan mavsumni ijara asosida «Red Bull Zalsburg»da o‘tkazdi va Avstriya chempionatida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













