Dominik Soboslai mavsumga tayyorgarlik doirasida kechgan «Lids Yunayted»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan (2:4) so‘ng «Liverpul»ga bo‘lgan sadoqatini yana bir bor ta’kidlab, bosh murabbiy Andoni Iraolaga qaysi pozisiyada kerak bo‘lsa, o‘sha yerda o‘ynashga tayyorligini bildirdi.
This Is Anfield nashrining xabar berishicha, o‘yindan so‘ng intervyu bergan Soboslai maydon markazida o‘ynashni ma’qul ko‘rishini, ammo zarurat tug‘ilsa, boshqa pozisiyani ham yopishga tayyorligini aytgan.
«O‘tgan mavsumda juda ko‘p pozisiyalarda o‘ynadim. Maydon markazida o‘ynashni afzal ko‘raman. Ammo agar u (murabbiy) mening o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynashimni xohlasa, o‘ng qanot himoyasida o‘ynayman», — dedi Vengriya terma jamoasi a’zosi.
Chikagoda kechgan va «Liverpul» ikki to‘plik ustunlikni boy bergan uchrashuvda 25 yoshli Soboslai maydon markazida harakat qildi.













