«Milan» hujumkor yarim himoyachi izlashni davom ettirmoqda.
«Genk»dan Dortmundning «Borussiya» klubiga o‘tgan Konstantinos Karesas transferi barbod bo‘lganidan so‘ng, «rossoneri»lar nafaqat «Arsenal» xavbeki Itan Nvaneri, balki «Roma»dan Matias Soule va «Real» yarim himoyachisi Braim Diasga ham qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Salciomercato Corriere della Sera nashriga tayanib.
Braim 2020 yildan 2023 yilgacha uch mavsum davomida «Milan»da ijara asosida to‘p surgan.
Marokash terma jamoasining 27 yoshli futbolchisini «Yuventus» ham kuzatib borayotgan edi, biroq yakunda turinliklar «Bayer» forvardi Kerim Alaybegovich bilan shartnoma imzolashdi.













