Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Uels Infantinoni qo‘llab-quvvatlash xatini rasman qaytarib olgan birinchi tomon bo‘ldi

Uels Infantinoni qo‘llab-quvvatlash xatini rasman qaytarib olgan birinchi tomon bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Uels futbol assosiasiyasi (FAW) 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidenti saylovida Janni Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlash qarorini qaytarib olganini e’lon qildi.

Tashkilot bu qarorni jahon futbolining amaldagi rahbariga nisbatan ishonch yo‘qolgani bilan izohladi.

«Boshqaruv, qaror qabul qilish, yetakchilik, muloqot va futbol jamoatchiligi bilan o‘zaro hamkorlik sohasidagi so‘nggi muammolar bizni shunday xulosaga olib keldiki, Infantino endi Uels futbol assosiasiyasining ishonchidan foydalanmayapti. Futbol manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ya olmaslik biz uchun qabul qilib bo‘lmas holatdir», — deyiladi rasmiy bayonotda.

Avvalroq, UEFA Infantinoning FIFA prezidenti lavozimidan ketishiga erishish uchun ilgari uni qo‘llab-quvvatlagan milliy assosiasiyalarni o‘z maktublarini qaytarib olishga chaqirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 14:16, 03.08.2026.
O'qildi: 671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик