Kirish Ro'yxatdan o'tish

74 yoshli Lui van Gaal yana Niderlandiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

74 yoshli Lui van Gaal yana Niderlandiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Baho:
+ | -

Mashhur gollandiyalik murabbiy Lui van Gaal Niderlandiya Qirollik Futbol Assosiasiyasi (KNVB) bilan milliy terma jamoaga murabbiylik qilish haqida muzokaralar olib borishga tayyor, deya xabar beradi De Telegraaf.

Uning hozirgi sog‘lig‘i ishlashga imkon beradi, ammo terma jamoaga qaytish uning asosiy maqsadi emas. Agar Niderlandiya futbol assosiasiyasi xohlasa, u muzokaralarga ochiq. Van Gaal terma jamoaning aksariyat tarkibi bilan tanish va xalqaro turnirlarni faol kuzatib boradi, deyiladi xabarlarda.

Lui van Gaal ilgari Niderlandiya terma jamoasini 2000-2001-yillarda, 2012-2014-yillarda va 2021-2022-yillarda boshqargan.

2014-yilgi jahon chempionatida u Niderlandiya terma jamoasi bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:24, 03.08.2026.
O'qildi: 553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик