FIFA prezidenti Janni Infantino bugun o‘z nomzodi atrofida ortib borayotgan bosim fonida AQSH prezidenti Donald Tramp administrasiyasining qo‘llab-quvvatlashiga erishishga harakat qiladi.
The Independent jurnalisti Migel Delanining xabar berishicha, Infantino Tramp kabineti a’zolari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazadi. FIFA rahbari Amerika administrasiyasidan uni qo‘llab-quvvatlashni so‘rashi kutilmoqda.
So‘nggi kunlarda Infantinoning mavqei sezilarli darajada zaiflashdi. Uels futbol assosiasiyasi FIFA prezidentligiga uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashni rasman qaytarib oldi, Angliya futbol assosiasiyasi ham tegishli xatni tayyorlamoqda. Bundan tashqari, UYEFA musobaqalarning tijoriy huquqlaridagi ulushni xususiy investorlarga sotish loyihasi tufayli FIFAga qarshi sud jarayonini boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.













