Kirish Ro'yxatdan o'tish

Reyna «Borussiya»dan «Strasbur»ga o‘tmoqda

Reyna «Borussiya»dan «Strasbur»ga o‘tmoqda

Baho:
+ | -

«Strasbur» Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Jovanni Reynaning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi L'Equipe.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli amerikalik futbolchining transfer summasi 3 million yevroni tashkil etadi. Tibbiy ko‘rik 3 avgust kuniga rejalashtirilgan.

Reyna 2025 yilning avgustidan beri «Borussiya»da o‘ynab kelmoqda, uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt AQSH terma jamoasi o‘yinchisining transfer qiymatini 4 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:11, 03.08.2026.
O'qildi: 726 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик