«RB Leypsig» sport direktori Marsel Shefer Yan Diomandening transferi bo‘yicha «Real» bilan kelishuvga erishilgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
Oldinroq bir qator OAV va insayderlar, jumladan Fabrisio Romano Diomande 100 million yevrodan ortiq summaga Madrid klubiga o‘tishga yaqin turgani haqida xabar bergan edi.
«Bir necha kun oldin ba’zi transferlar bo‘yicha bunday atalmish ekspertlar kelishuv amalga oshganini xabar qilishdi yoki hatto «here we go» deyishdi. Bu mutlaqo unday emas. Biz hali bu bosqichda emasmiz», – dedi Shefer.













