Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Yurgen Klopp milliy jamoaga kengaytirilgan nomzodlar doirasini aniqlab oldi. Welt nashrining xabar berishicha, mutaxassis yaqin oradagi o‘yinlarda imkoniyat olishi mumkin bo‘lgan 57 ta maydon o‘yinchisini dastlabki ro‘yxatga kiritgan.
Xabar qilinishicha, asosiy da’vogarlar qatoridan amaldagi terma jamoa yetakchilari — Jonatan Ta, Niko Shlotterbek, Yozua Kimmix, Aleksander Pavlovich, Jamal Musiala, Florian Virs va Kay Xavers joy olgan. Shu bilan birga, Klopp yoshlarni faol jalb qilish niyatida va ilgari milliy terma jamoaga nomzod sifatida qaralmagan o‘yinchilarga ham imkoniyat berishga tayyor.
Ro‘yxatdan Antonio Ryudiger, Leroy Sane va Leon Goreska kabi tajribali futbolchilar bilan bir qatorda, Kennet Ayxgorn, Vael Moxya, Montrell Kalbrit va Rafael Pinto Pedrosa kabi yosh iste’dodlar ham joy olishdi.
Germaniyaning yakuniy qaydnomasi UYEFA Millatlar ligasi startiga yaqin e’lon qilinadi. Sentyabr oxiri — oktyabr boshlarida terma jamoani Gresiya, Niderlandiya va Serbiyaga qarshi o‘yinlar kutmoqda.













