Fabrisio Romano Joao Pedroning «Chelsi»dagi kelajagi haqida ma’lumot bo‘lishdi.
Braziliyalik futbolchi klub bilan yangi bitim imzolaydi. Shartnoma 2033 yilning yozigacha mo‘ljallanadi. «Chelsi» Pedroning maoshini oshiradi. Hujumchi London klubiga 2025 yilda «Brayton»dan o‘tgan edi.
Joao Pedro «Chelsi» tarkibida jami 53 ta o‘yin o‘tkazgan. Ularda hujumchi 23 ta gol urgan va to‘qqizta golli uzatmani amalga oshirgan.













