Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-0 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

36 yoshli Jordan Henderson «Chelsi» futbolchisiga aylandi

36 yoshli Jordan Henderson «Chelsi» futbolchisiga aylandi

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi rasmiy sayti orqali tajribali yarim himoyachi Jordan Henderson bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.

36 yoshli angliyalik futbolchi «Brentford»dan «ko‘klar» safiga o‘tdi va klub bilan ikki yillik shartnoma tuzdi.

«Chelsi» matbuot xizmatida shunday deyiladi:

«Biz Angliya terma jamoasi futbolchisi Jordan Henderson bilan shartnoma imzolanganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Faoliyati davomida Premyer-liga va UYEFA Chempionlar ligasi kabi sakkizta sovrinni qo‘lga kiritgan yarim himoyachi ikki yillik shartnoma imzoladi va 2026/27 yilgi mavsum oldidan jamoaga qo‘shiladi».

Henderson «Sanderlend» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2011–2023 yillar davomida «Liverpul» sharafini himoya qilib, klub bilan bir qator yirik sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, tajribali yarim himoyachi faoliyati davomida «Koventri Siti», «Al-Ittifoq», «Ayaks» va so‘nggi klubi «Brentford» safida ham to‘p surgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 20:24, 03.08.2026.
O'qildi: 1377 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик