Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya - Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad

«Al-Hilol» Grilish uchun yirik taklif tayyorladi

«Al-Hilol» Grilish uchun yirik taklif tayyorladi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Jek Grilish uchun kurashga qo‘shildi va ingliz futbolchisiga juda manfaatli moliyaviy taklif tayyorlamoqda. Bu haqda Goal nashri jurnalist Ekrem Konurga tayanib xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, saudiyaliklar 30 yoshli futbolchiga yiliga 20–23 million yevro miqdorida maosh taklif qilishni rejalashtirgan.

Xabarda aytilishicha, «Al-Hilol»ning asosiy raqobatchisi Madridning «Atletiko» klubi hisoblanadi. Biroq «Manchester Siti» transfer narxi bo‘yicha talablarini pasaytirmasa yoki keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga berishga rozi bo‘lmasa, ispaniyaliklar faol harakat qilmaydi.

Shuningdek, Grilishga AQSHning MLS chempionati klublari ham qiziqish bildirmoqda.

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi ijara asosida «Everton» safida to‘p tepdi. U 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ayni paytda Jek Grilishning transfer qiymati 20 million yevro deb baholanmoqda.

Manba: euro-football.ru
Kiritildi: 23:45, 03.08.2026.
O'qildi: 1328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик