Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin De Breyne 2026/27 yilgi mavsumda «Napoli»da qoladi, deb xabar berdi jurnalist Sasha Tavolyeri X ijtimoiy tarmog‘ida.
Manbaning xabariga ko‘ra, 35 yoshli belgiyalik futbolchi oilasi bilan maslahatlashgach, klubini o‘zgartirmaslikka va neapolliklar sharafini himoya qilishda davom etishga qaror qilgan. Oldinroq OAVda futbolchiga «Inter Mayami» tomonidan qiziqish borligi haqida xabar berilgan edi.
De Breynening «Napoli» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.
2025/26 yilgi mavsumda De Bryuyne barcha turnirlarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. JCH-2026 da esa u 5 ta o‘yinda 1 ta gol muallifiga aylangan.













