Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Ferran Torres «PSJ» tomonidan bo‘layotgan qiziqishga munosabat bildirdi

Ferran Torres «PSJ» tomonidan bo‘layotgan qiziqishga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres «PSJ» tomonidan unga bo‘layotgan qiziqish haqidagi xabarlarga izoh berdi.

«PSJ» tomonidan bildirilayotgan qiziqish? Bunday klublar seni o‘z safida ko‘rishni istashi yoqimli, albatta. Ammo mening «Barselona» bilan amaldagi shartnomam bor. Albatta, futbolda nima bo‘lishini hech qachon oldindan bilib bo‘lmaydi, lekin hozircha shartnomam bor ekan, shoshilmay kutishim va kelajagim bo‘yicha qarorni o‘zim mustaqil qabul qilishim mumkin», — deydi Torresning so‘zlarini keltirgan NBC.

Transfermarkt portali 26 yoshli ispaniyalik futbolchining bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda Torres barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. JCH-2026 da esa u 8 ta o‘yinda 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Kiritildi: 05:35, 04.08.2026.
O'qildi: 364 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик