«Real»ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Xorxe Valdano FIFA prezidenti Janni Infantinoga bo‘lgan munosabati haqida gapirib berdi.
— Infantinoning Trampga «xushomadgo‘ylik qilgani» haqida qanday fikrdasiz?
— Men uning Trampga «Tinchlik mukofoti»ni topshirganini va, ayniqsa, buni butun futbol nomidan amalga oshirganini kechira olmayman.
Men Infantinoni juda uzoq vaqtdan beri bilaman va ko‘pchilik bilan sodir bo‘ladigan holat unda ham yuz berdi: hokimiyat uning boshini aylantirib qo‘ydi, — dedi Valdano.













