Neymarning otasi o‘g‘lining 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash borasidagi qaroriga izoh berdi.
Neymarning otasi futbolchi «pentakampeonlar» safiga hali qaytishi mumkinligi haqida fikr bildirdi: «Uning Braziliya terma jamoasidagi ishtiroki 100 foiz tugaganini kafolatlay olmayman. Ehtimol, u hali qaytar».
Neymar esa bunga javoban: «Axir o‘ynayotgan otam emas-ku!» — dedi kulib. Neymar va uning otasining so‘zlarini jurnalist hamda insayder Fabrisio Romano X (Tvitter) ijtimoiy tarmog‘ida keltirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U milliy terma jamoa libosida 130 ta o‘yinda 80 ta gol urgan. Braziliya terma jamoasi tarkibida Neymar Olimpiada g‘olibi (2016), Olimpiya o‘yinlari (2012) va Amerika Kubogi (2021) kumush medali sohibi, shuningdek, Konfederasiyalar kubogi (2013) sohibi bo‘lgan.













