Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Rasman: 40 yoshli Edin Jeko «Shalke» bilan yangi shartnoma imzoladi

Rasman: 40 yoshli Edin Jeko «Shalke» bilan yangi shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Bosniya va Gersegovina terma jamoasi hujumchisi Edin Jeko «Shalke»da o‘ynashda davom etadi. Germaniya klubi 40 yoshli forvard bilan yangi shartnoma imzolanganini e’lon qildi.

Yangi kelishuv bir mavsumga mo‘ljallangan. Seshanba, 4 avgust kuni Jeko jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shiladi va 10-raqam ostida to‘p surishni davom ettiradi.

«Men ilgarigidek muvaffaqiyatlarga erishish ishtiyoqi bilan to‘lib-toshganman va jamoamizga Bundesligada ham yordam berishni xohlayman.

Qishda «Shalke»ga kelib qo‘shilganimdan beri ajoyib jamoaning bir qismiga aylandim va muxlislarimizning aqlvarvar qilgulik qo‘llab-quvvatlashini his qildim. Bundesligaga chiqish — faoliyatimdagi eng yorqin voqealardan biri bo‘ldi. Bu juda ajoyib edi. Futbol butun umrim davomida manga quvonch bag‘ishladi va meni ilhomlantirib keldi», — dedi Jeko yangi shartnomaga qo‘l qo‘ygandan so‘ng.

2026/27 yilgi mavsum bosniyalik hujumchi uchun professional faoliyatidagi 23-mavsum bo‘ladi.

Bosniyalik futbolchi «Shalke»ga 2026 yilning qishida erkin agent maqomida o‘tgan edi va 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra klubga Ikkinchi Bundesligada g‘olib chiqib, yuqori divizionga qaytishiga yordam berdi. Avvalgi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetgach, u yana erkin agentga aylangan edi, biroq tomonlar hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Jeko «Shalke» tarkibida Ikkinchi Bundesligada 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, yozda u Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida 2026 yilgi Jahon chempionatida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi, jamoa esa 1/16 final bosqichigacha yetib bordi.

Kiritildi: 08:09, 04.08.2026.
O'qildi: 280 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик