Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Al-Hilol» «Manchester Siti» vingeriga yiliga 23 million yevro to‘lashga tayyor

«Al-Hilol» «Manchester Siti» vingeriga yiliga 23 million yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Jek Grilish uchun kurashga qo‘shildi va angliyalik futbolchiga moliyaviy jihatdan juda manfaatdor taklif berishga tayyor. Bu haqda jurnalist Ekrem Konurga tayanib Goal portali xabar bermoqda.

Manba xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi 30 yoshli futbolchiga yiliga 20–23 million yevro atrofida maosh taklif qilmoqchi.

Saudiya klubining asosiy raqobatchisi Madridning «Atletiko» klubi bo‘lib qolmoqda. Qayd etilishicha, agar «Manchester Siti» futbolchining narxi bo‘yicha talablarini pasaytirmasa yoki keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga rozi bo‘lmasa, madridliklar faol harakatlarni amalga oshirmaydi.

«Al-Hilol» va «Atletiko»dan tashqari, Grilishga MLS klublari ham qiziqish bildirmoqda. O‘tgan mavsumni futbolchi ijara asosida «Everton»da o‘tkazdi va u yerda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi hamda 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Grilishning bozor qiymati 20 million yevroga teng.

Kiritildi: 08:25, 04.08.2026.
O'qildi: 1498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик