«Roma» «Fulxem»ga hujumchi Kevin bo‘yicha taklif bilan chiqdi, ammo Angliya klubi braziliyalik futbolchini sotib olishga bo‘lgan bu urinishni rad etdi. Bu haqda Globo nashri xabar bermoqda.
Manba xabariga ko‘ra, rimliklar 23 yoshli futbolchi uchun taxminan 50 million yevro to‘lashga tayyor edilar. Ushbu summa kafolatlangan qism va bonuslarni o‘z ichiga olgan. «Fulxem» esa Kevinning transfer qiymati yanada oshishi mumkin deb hisoblaydi, shu sababli u bilan xayrlashishga tayyor emas.
Angliya klubi hujumchini bir yil avval «Shaxtyor»dan 45 million yevroga (40 million + 5 million bonus ko‘rinishida) sotib olgan edi. APLdagi ilk mavsumida Kevin 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













