«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri yaqin haftalar ichida La Ligaga qaytishi mumkin.
30 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogar Madridning «Real» klubi bo‘lib qolmoqda, ammo «shaharliklar» rahbariyati «Barselona» ham kurashga qo‘shilishi mumkin deb hisoblamoqda. «Ko‘k-anorranglilar» Frenki de Yongning jarohatidan so‘ng yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Yakuniy qarorni Rodrining o‘zi qabul qiladi. Hozirgi vaqtda yarim himoyachi «qirollik klubi»ga o‘tishga moyil bo‘lib turibdi, ammo «ko‘k-anorranglilar»dan aniq taklif tushgan taqdirda, jahon chempionining fikri o‘zgarishi yoki o‘zgarmasligi noma’lum.













