Insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida "Liverpul" va "Pari Sen-Jermen" ("PSJ") hujumchi Bredli Barkolaning transferi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlaganini xabar qildi.
Jurnalistning ma’lumotiga ko‘ra, Angliya klubi dastlabki taklif summasini 100 million yevrodan ortiq miqdorda belgilagan, ammo bu summa hozircha parijliklarning talabidan sezilarli darajada past.
Qayd etilishicha, Barkolaning o‘zi "Liverpul"ga o‘tishdan manfaatdor. Avvalroq Romano futbolchining ushbu istagi haqida may oyidayoq xabar bergan edi.
O‘tgan mavsumda "PSJ" hujumchisi barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va yettita golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.













