Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

«Bayer» Mussa Diabini ortga qaytarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

«Bayer» Mussa Diabini ortga qaytarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Baho:
+ | -

BILD nashri xabariga ko‘ra, «Bayer Leverkuzen» Mussa Diabini ortga qaytarish bo‘yicha transfer ustida ishlamoqda. Tezkor vinger Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubida o‘zini noqulay his qilmoqda va «BayArena»ga qaytish yo‘llarini izlamoqda.

Diabi 2019 yildan 2023 yilgacha «dorishunoslar» sharafini himoya qilib, 172 ta rasmiy o‘yinda 49 ta gol va 47 ta golli uzatma muallifiga aylangan edi.

«Aston Villa»dagi faoliyatidan so‘ng, Fransiya terma jamoasining 11 ta o‘yinda maydonga tushgan a’zosi 2024 yilning yozida 60 million yevro evaziga Saudiya Pro-ligasiga ko‘chib o‘tdi. Biroq u bu davr mobaynida «Bayer» rahbariyati bilan aloqani uzmagan.

Xabarda aytilishicha, «Bayer» sport direktori Simon Rolfes va Diabi o‘rtasida ilg‘or darajadagi muzokaralar kechmoqda. «Inter» tomonidan qiziqish bo‘lishiga qaramay, futbolchining o‘zi qat’iy ravishda «Bayer»ni afzal ko‘rmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Diabini 30 million yevrodan kamroq summaga sotib olish mumkin. U ushbu transfer amalga oshishi uchun Saudiya Arabistonida olayotgan (soliqlardan tashqari 10 million yevrodan ortiq) katta maoshining sezilarli qismidan voz kechishga ham tayyor.

Kiritildi: 13:36, 04.08.2026.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик