UFC’ning o‘rta va yarim og‘ir vazn toifalaridagi sobiq chempioni, braziliyalik Aleks Pereyra xayriya kechasida o‘z vatandoshi, «Santos» futbol klubi hujumchisi Neymar bilan uchrashdi.
Pereyraning professional hisobida 13 ta g‘alaba (shulardan 11 tasi nokaut bilan) va to‘rtta mag‘lubiyat bor. Aleks aralash yakkakurashlardagi (MMA) professional debyutini 2015 yilda o‘tkazgan. shuningdek, Poatan braziliyalik djiu-djitsu va kikboksing bo‘yicha qora belbog‘ egasi hisoblanadi.
/i/p/f/17858378471906875515.jpg)
Neymar 2025 yilda qadrdon «Santos» klubiga qaytdi, uning shartnomasi joriy yilning dekabr oyi oxirigacha amal qiladi. 2026 yilda hujumchi jamoa tarkibida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi. Neymar «Santos»dan tashqari «Barselona», «PSJ» va «Al-Hilol» klublarida ham to‘p surishga ulgurgan.
Bundan tashqari, Neymar Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U milliy terma jamoa safida 130 ta o‘yinda 80 ta gol urgan.













