«Yuventus» va «Atletiko» Aleksandr Syorlot hamda Niko Gonsales transferlari bo‘yicha muzokaralarga qaytdi. Klublar ikkala tomonni ham qanoatlantiradigan qo‘shimcha to‘lov bilan almashish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti 29 yoshli norvegiyalik futbolchi bilan shaxsan aloqaga chiqdi va uni hujum chizig‘ida ko‘rishni istamoqda. Shu bilan birga, Niko Gonsales Diyego Simeone bilan qayta birlashishni xohlamoqda, ammo «Yuventus» argentinalikni 30 mln yevrodan arzonga sotishga tayyor emas.
Bitim norvegiyalik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish va evaziga Niko Gonsalesni sotish shaklida rasmiylashtirilishi mumkin.













