«Barselona» quyi ligaga tushib ketgan «Jirona»ni shu yozda tark etishi kutilayotgan yarim himoyachi Azzedin Unahini transfer qilish kurashida tobora ortib borayotgan raqobatga duch kelmoqda.
Diario SPORT nashrining xabariga ko‘ra, La Liga chempionlari Frenki de Yongning tizzasidan olgan og‘ir jarohatidan so‘ng Marokash terma jamoasi a’zosini tarkibni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan nomzod sifatida belgilab olgan. Unahining maydondagi universalligi va JCH-2026dagi yorqin o‘yinlari uni Xansi Flik uchun jozibador variantga aylantirdi.
Biroq bu kurashda faqat «Barselona»ning o‘zi ishtirok etmayapti. «Real Betis» 26 yoshli futbolchi bo‘yicha jiddiy taklif tayyorlamoqda va u maydon markazini kreativlik hamda taktik moslashuvchanlik bilan kuchaytirishiga ishonmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Jirona» JCHda 6 ta o‘yinda 2 ta gol urib, o‘z qiymatini sezilarli darajada oshirgan Unahi uchun qariyb 25 million yevro talab qilmoqda.
La Ligaga qaytgan «Deportivo La-Korunya» ham futbolchiga qiziqish bildirayotgan bo‘lsa-da, moliyaviy talablar sababli transfer uchun asosiy da’vogarlar sifatida «Barselona» va «Betis» qolmoqda.













