Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» Vikarioni ijaraga olishga harakat qilmoqda, muqobil nomzodlar ham aniqlandi

«Yuventus» Vikarioni ijaraga olishga harakat qilmoqda, muqobil nomzodlar ham aniqlandi

Baho:
+ | -

«Yuventus» yangi darvozabon qidiruvini jadallashtirdi va bu yozda «Tottenxem» a’zosi Gilyelmo Vikario klubning asosiy nishoniga aylandi.

Tuttomercatoweb xabariga ko‘ra, «turinliklar» «Pari Sen-Jermen»ga o‘tishga yaqin turgan Zion Sudzuki transferi barbod bo‘lgach, e’tiborni Italiya terma jamoasi posboniga qaratdi. «Yuventus» Vikarioni ijaraga olishga umid qilmoqda, ammo buning uchun «Tottenxem»ning vaqtinchalik transferga roziligi kerak bo‘ladi.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Martin Dubravkaning kelishi va Antonin Kinski bilan shartnoma uzaytirilganidan so‘ng, «shporlar» Vikarioni daxlsiz futbolchi deb hisoblamayapti.

Agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, «Yuventus» muqobil variantlarni ham tayyorlab qo‘ygan. Parijga borgach jamoadagi o‘rnini boy berayotgan "PSJ" darvozaboni Lyuka Shevalye hamda «Napoli» posboni Vanya Milinkovich-Savich ham nomzodlar ro‘yxatida qolmoqda.

Kiritildi: 16:29, 04.08.2026.
O'qildi: 563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик