«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu «Milan»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini oldidan derbi natijasi hech qanday ahamiyatga ega emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoaning jismoniy holatidagi o‘sishni ko‘rish muhimroq.
«Men o‘sishni ko‘rishni xohlayman — jismoniy va umumiy holat nuqtai nazaridan. Raqibimiz kimligi menga farqi yo‘q. Tayyorgarlikning ushbu bosqichida ba’zi o‘yinchilar ko‘proq maydonda bo‘lishlaridan xursandman. Avgust oyidagi sovrinlar hech narsani anglatmaydi», dedi murabbiy.
Kivu, shuningdek, Jahon chempionatidan qaytgan futbolchilar mavsum boshlanishiga tayyor bo‘lishlari amrimaholligini ta’kidlab o‘tdi.













