«Tottenxem» «Chelsi» napadayushiysi Nikolas Jeksonni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Daily Mail.
Manbaning xabariga ko‘ra, «ko‘klar» 25 yoshli futbolchini 65 million funt sterlingga baholamoqda. Forvardning harakatlarini «Aston Villa» ham kuzatib bormoqda. Futbolchining o‘zi esa muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun amaldagi klubini tark etishga tayyor.
Jekson o‘tgan mavsumni ijara huquqi asosida «Bavariya»da o‘tkazdi. U Bundesliganing 23 ta o‘yinida 8 ta gol urishga erishdi.













