2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlarini qabul qilgan AQSHning bir nechta shahri FIFAga va’da qilingan mablag‘lar to‘lab berilmagani munosabati bilan e’tiroz bildirdi, deb xabar bermoqda The Athletic.
Shaharlar vakillarining so‘zlariga ko‘ra, FIFA turnir merosini saqlab qolish xarajatlarini qoplash uchun har bir shaharga 1 million dollardan ajratish majburiyatini olgan, biroq bu moliyaviy majburiyatlar hanuzgacha bajarilmagan.
Jahon chempionatini o‘tkazish sikli davomida tashkilot 15 milliard dollar daromad olganiga qaramay, va’da qilingan to‘lovlar haligacha kelib tushgani yo‘q. Dunyo birinchiligining sobiq mezbonlari ilgari berilgan va’dalarning bajarilishini talab qilib, ushbu mablag‘lar turnir merosi bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish uchun zarurligini ta’kidlamoqdalar.













