«Trabzonspor» hujumchi Muhammad Salohning o‘tganini e’lon qildi. Futbolchi bilan shartnoma 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.
Bitimning moliyaviy shartlari ma’lum qilinmagan. Saloh jamoa muxlislariga murojaat yozib oldi va klub uni X ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirdi. Videoda u samolyotda «Trabzonspor»ning 61-raqamli libosida suratga tushgan.
Salohning oxirgi klubi «Liverpul» bo‘lib, u shartnoma muddati tugagani sababli 2026 yilning yozida jamoani erkin agent maqomida tark etgan edi.
2026 yilgi Jahon chempionatida 34 yoshli Saloh beshta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.
Misrlik futbolchining bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.













