Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

«Yuventus» «Manchester Yunayted» hujumchisi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

«Yuventus» «Manchester Yunayted» hujumchisi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Baho:
+ | -

«Yuventus» Randal Kolo-Muani bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng hujum chizig‘ini kuchaytirish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda va «Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzeeni o‘z safiga qo‘shib olishga umid qilmoqda.

Jurnalist Janluka di Marsioning o‘z saytida xabar berishicha, Turin klubi futbolchining agenti bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Ma’lum qilinishicha, Angliya klubi 25 yoshli niderlandiyalik futbolchini ijaraga qo‘yib yuborishga rozilik berib bo‘lgan.

Qo‘shimcha qilish joizki, Zirkzee ilgari «Bolonya» safida to‘p surgan va A Seriya bilan yaxshi tanish. Hujumchi 2024 yilning yozida «Manchester Yunayted»ga o‘tgan edi. O‘sha vaqtdan beri u jamoa safida 75 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va sheriklariga 4 ta assist amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:03, 05.08.2026.
O'qildi: 1138 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик