Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Kannavaro: “Balki, terma jamoa ichida "kalamush" bordir?!”

Kannavaro: “Balki, terma jamoa ichida "kalamush" bordir?!”

Baho:
+ | -3

Bugun, 5-avgust kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (O‘FA) majlislar zalida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida italiyalik mutaxassis milliy jamoa atrofida tarqalgan turli asossiz va yolg‘on xabarlarga alohida to‘xtalib, bu holatga o‘z e’tirozini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa ichidagi ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilib, tashqariga chiqarayotganlar bor:

“Kimdir rosa ko‘p yolg‘on ma’lumot tarqatgan. Balki bunga mening xorijlik murabbiy ekanim sababdir. Biz amal qilgan qoidalarni men o‘ylab topmaganman, bu — Yevropa standarti. Nima sababdan bunday yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishganini ochig‘i tushunmadim.

Mendan avvalgi murabbiy mahalliy, ajoyib mutaxassis bo‘lgan va yaxshi natijalarga ham erishgan. Lekin bu meni asossiz tanqid qilishga sabab bo‘la olmaydi. Bu masalaga aniqlik kiritib o‘tmasam bo‘lmasdi. Terma jamoa ichida qandaydir 'kalamush' borligi sababli ham shunday noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘payib ketdi”, dedi Kannavaro.

Shuningdek, bosh murabbiy bo‘lajak Osiyo Kubogi musobaqasidan oldin terma jamoa tarkibida qanday o‘zgarishlar bo‘lishiga oydinlik kiritdi hamda yosh futbolchilarga ko‘proq imkoniyat berilishini ta’kidladi:

“Osiyo Kubogidan oldin tarkibda albatta o‘zgarishlar bo‘ladi. Biz endi yoshlarni ko‘proq jalb etamiz. Behruz Karimov masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uni Kolumbiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushirganimda, ko‘pchilik buni katta tavakkal deb atagan edi. Men esa yoshlarga ishonch bildirishda davom etaman”.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 15:19, 05.08.2026.
O'qildi: 1871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик