Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Atletiko» Osimxen transferidan voz kechdi

«Atletiko» Osimxen transferidan voz kechdi

Baho:
+ | -

«Galatasaray» hujumchisi Viktor Osimxen yozgi transfer oynasida Madridning «Atletiko» klubiga taklif qilingan edi. Bu haqda Goal portali xabar bermoqda.

27 yoshli futbolchining vakillari vositachilar orqali «matraschilar» nigeriyalik o‘yinchi o‘tishini taxminan 75 million yevro evaziga rasmiylashtirishlari mumkinligini bildirishgan. Osimxenning o‘zi Diyego Simeone jamoasiga qo‘shilish uchun maoshi kamaytirilishiga ham rozi bo‘lgan.

Biroq «Atletiko» muzokaralarni davom ettirmadi. Klubdagilar hozircha bunday bitim uchun yetarli moliyaviy imkoniyatlarga ega emasliklarini hamda markaziy hujumchi pozisiyasida to‘liq Xulian Alvaresga tayanishlarini ta’kidlashgan.

«Atletiko»dan tashqari, Osimxenning xizmatlari Yevropaning boshqa top-klublariga, jumladan «Barselona», «Tottenxem» va «Arsenal»ga ham taklif qilingan. O‘tgan mavsumda nigeriyalik forvard 33 ta o‘yinda 22 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 19:02, 05.08.2026.
O'qildi: 883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик