«Beshiktash» prezidenti Serdal Adali klub Dushan Vlaxovichning o‘tishi bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi.
Avvalroq Turkiya klubi erkin agentga 5 million yevrodan ortiq imzo bonusi va soliqlar to‘langanidan so‘ng mavsumga 8 million yevro ish haqi bilan 2 yillik shartnoma taklif qilayotgani xabar qilingan edi. «Beshiktash» 10 avgustgacha javob kutishga tayyor, forvard esa «Barselona»dan taklif olishga umid qilib, qaror qabul qilishni paysalga solmoqda.
Biroq, Football Italia nashrining yozishicha, turklar o‘zlarida «maxfiy qurol», ya’ni serbiyalik futbolchi bilan «Fiorentina»da birga ishlagan murabbiy Vinchenso Italyano borligiga ishonishmoqda.
«Biz buning ustida ishlayapmiz, Vlaxovich bilan muzokaralar olib bormoqdamiz», — dedi Adali bugun jurnalistlarga.
Qayd etilishicha, «Beshiktash»da Dushanni sotib olish uchun byudjet mavjud, chunki klub «Liverpul»ning sobiq vingeri Salohni transfer qilish urinishlaridan voz kechgan.













