"Bavariya" tayanch yarim himoyachisi Joau Palinya faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Bild nashrining xabar berishicha, 31 yoshli portugaliyalik yarim himoyachiga "Aston Villa" qiziqish bildirmoqda va Myunxen klubi uni sotishga tayyor.
Biroq, "Bavariya" Joau uchun 25 million yevro so‘ramoqda - bu "Aston Villa" uchun juda ko‘p. Qiziqqan klublar ham ijaraga olish yoki sotib olish imkoniyati bilan kelisha olishmadi.
Portugaliyalik futbolchi Germaniyada yiliga taxminan 8,5 million yevro maosh oladi. Uning shartnomasi 2028 yil yoziga qadar amal qiladi.
O‘tgan mavsumda Palinya "Tottenxem" safida ijara asosida o‘ynagan. U Premyer-ligada 33 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi, ikkita golli uzatma berdi va sakkizta sariq kartochka oldi.













