Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

FIFA xatosini tan oldi

FIFA xatosini tan oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Marokashda FIFA rahbariyatining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda tashkilot prezidenti Janni Infantino, bosh kotib Mattias Grafstryom va boshqaruv kengashi a’zolari ishtirok etdi.

FIFA bosh kotibi hamda kengash a’zolari FIFA prezidenti Janni Infantinoni to‘liq qo‘llab-quvvatlashlarini tasdiqlashdi. shuningdek, FIFAning tijoriy huquqlarini sotish va turnirlarni o‘tkazish bo‘yicha operativ faoliyat bilan shug‘ullanishi kerak bo‘lgan FIFA Forward Enterprise (FFE) kompaniyasini tashkil etish taklifi tayyorgarlik jarayonida xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani sababli kun tartibidan olib tashlangani e’lon qilindi.

«Loyiha qaytarib olingach, FIFA endilikda o‘zining halolligi, boshqaruv sifati va belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilinishiga nisbatan har qanday hujumlarga toqat qilmasligi hamda o‘z nomi va obro‘sini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi kelishib olindi.

Har doim o‘rganadigan narsa topiladi va FIFA orttirilgan tajribani inobatga olgan holda o‘z jarayonlarini takomillashtirishda davom etadi. Shu bilan birga, ushbu holatda shuni ta’kidlash muhimki, yo‘l qo‘yilgan xatolarga qaramay, barcha harakatlar FIFAning normativ bazasiga to‘liq muvofiq holda amalga oshirilgan.

FIFA barcha 211 ta a’zo-assosiasiya, konfederasiyalar va mintaqaviy assosiasiyalar manfaatlari yo‘lida FIFA Forward dasturi orqali futbolni rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash yo‘llarini ko‘rib chiqish uchun tegishli manfaatdor tomonlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi», — deyiladi press-relizda.

Tashkilot, shuningdek, o‘z obro‘siga qilingan hujumlarga chidab turmasligi va uni himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini ma’lum qildi.

28 iyul kuni FIFA tashkilotning media va tijoriy huquqlarini, shu jumladan jahon chempionatlari huquqlarini topshirish rejalashtirilgan yangi tuzilmani tashkil etish niyatida ekanini xabar qilgan edi. Uning 20 foizdan ortiq aksiyalarini sotish ko‘zda tutilgandi. Xususiy investorlar bu ulushlar uchun taxminan 4,2 milliard dollar to‘lashlari va FIFA bu mablag‘larni futbolni rivojlantirishga sarflashni va’da qilgan edi.

Kiritildi: 08:17, 06.08.2026.
O'qildi: 1889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик