Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Mikel Arteta «Arsenal»ning yangi mavsumdagi bosh maqsadini aytdi: «Maqsad — klubda sulola yaratish»

Mikel Arteta «Arsenal»ning yangi mavsumdagi bosh maqsadini aytdi: «Maqsad — klubda sulola yaratish»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning yangi mavsumdagi vazifalari haqida fikr bildirdi.

O‘tgan mavsumda «kanonirlar» 22 yil ichida ilk bor Premyer-liga g‘olibiga aylanishdi, shuningdek, Chempionlar Ligasi va Liga kubogida finalgacha yetib borib, «PSJ» hamda «Manchester Siti»ga imkoniyatni boy berishgan edi.

«Biz har bir sovrin uchun kurashamiz — bu bizning ambisiyamiz. Yoz davomida men tomonimdan amalga oshirilgan barcha ishlar keyingi g‘alabalar va klubda sulola yaratish uchun nima kerakligini aniqlashga qaratilgan. Bu bizning maqsadimiz», — dedi Arteta Premier Sports’ga bergan intervyusida.

Chorshanba kuni «Arsenal» o‘rtoqlik o‘yinida «Betis»ga (1:3) imkoniyatni boy berdi.

Kiritildi: 09:00, 06.08.2026.
O'qildi: 745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик