Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Arteta Bruno Gimaraesning «Arsenal»ga transferi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Arteta Bruno Gimaraesning «Arsenal»ga transferi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta «Nyukasl» yarim himoyachisi Bruno Gimaraesning tez orada amalga oshadigan transferiga izoh berdi.

«Kanonirlar» «qarg‘alar» va braziliyalik futbolchining o‘zi bilan kelishib olishgan. Chorshanba kuni o‘yinchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi — yaqin vaqt ichida transfer haqida rasman e’lon qilinadi.

— Gimaraesning «Arsenal»ga o‘tganini tasdiqlay olasizmi?

— Men hech qanday yangiliklarni muhokama qila olmayman. Yigitlar, ba’zida siz hamma narsadan mendan ham oldin xabar topasiz. Nima bo‘layotganini bilmayman!

— U yaxshi kuchaytirish bo‘lar edi.

— «Arsenal»ga tegishli bo‘lmagan futbolchilar haqida gapira olmayman, — deydi Artetaning so‘zlarini keltirgan afcstuff.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli yarim himoyachi London grandiga 87 million yevrodan qimmatroqqa tushadi.

Kiritildi: 09:03, 06.08.2026.
O'qildi: 760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик