Bir hafta oldin Janfranko Dzola Italiya terma jamoasida yangi ish olishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Endilikda bu Italiya futbol federasiyasining rasmiy press-relizi orqali o‘z tasdig‘ini topdi. Dzola Italiya o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari bilan bog‘liq loyihalar koordinatoriga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, «Napoli» va Londonning «Chelsi» klubi sobiq futbolchisi o‘z vaqtida «skuadra adzurra» safida 35 ta o‘yin o‘tkazib, jamoa bilan birga 1994 yilgi jahon chempionati finaligacha yetib borgan edi.
Biroq italiyaliklarning bunday yorqin ishtiroki ancha ortda qoldi — Italiya terma jamoasi oxirgi marta 2014 yilda jahon chempionatida o‘ynagan edi.













