Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares tez orada klub rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Argentinalik futbolchining «matraschilar» bosslari bilan shaxsiy suhbati 10 avgust kuni bo‘lib o‘tadi, xabar beradi jurnalist Xerard Romero. ESPN Argentina ham shunga o‘xshash ma’lumot bilan bo‘lishmoqda: forvard dushanba kuni klub ixtiyoriga qaytadi, ammo bosh murabbiy Diyego Simeone va rahbarlarga faqat «Barselona»da o‘ynashni xohlashini ochiq-oshkor bildiradi.
«Ko‘k-anorranglilar» allaqachon Xulian Alvares uchun 100 million yevro taklif qilishgan. «Atletiko» muzokaralar olib borishni rad etmoqda, ammo taklif hali ham o‘z kuchida qolmoqda. 26 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.













