«Santos» «Remo» prezidentining forvard Neymar sha’niga aytgan so‘zlariga munosabat bildirdi.
«Santos» hujumchisi Braziliya kubogi 1/8 finalining javob uchrashuvidan (1:0) so‘ng «Remo» rahbarlari bilan dahanaki jangga kirishdi.
Internetda paydo bo‘lgan kadrlarda Neymarning bir necha bor: «Eliminado!» («Chiqib ketdingiz!») deb takrorlayotgani, «Remo» vakillari tomon faol ishoralar qilayotgani va vaziyatlardan birida uyatli so‘z ishlatgani aks etgan.
«Remo» prezidenti Antonio Karlos Teysheyra futbolchining xulq-atvorini keskin tanqid qildi: «Pastkash Neymar masxarabozlik uyushtirdi. Kattagina bolalar to‘dasi unga sig‘inadi. Shu kabi insonlarni o‘zimizga kumir qilib olayotganimizda o‘zimiz aybdormiz».
«Santos» «Remo» prezidentining Neymar sha’niga aytgan haqoratli bayonotini, shuningdek, hakamlarning xayrixohligiga shama qilganini keskin qoralaydi.
Sportda tanqid bo‘lishi normal holat, ammo shaxsiyatga tegish va asossiz ayblovlar hurmat hamda etika chegarasidan chiqish hisoblanadi.
«Santos» shaffoflik va Braziliya futbolining obro‘si yo‘lida har doim o‘z sportchilarini, tarixini va tashkilot yaxlitligini himoya qiladi», — deyiladi klub bayonotida.













