Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Qozog‘istonda 45 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion quriladi

Qozog‘istonda 45 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion quriladi

Baho:
+ | -

Olmaotada yangi futbol stadioni quriladigan joyda dastlabki tayyorgarlik ishlari boshlandi. Loyihaga ko‘ra, yangi arena 45 ming tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, u Qozog‘istondagi eng yirik sport inshootiga aylanadi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz nashri.

Qariyb 32 gektar maydonni egallaydigan hududda asosiy va mashg‘ulot maydonlari, jamoalar uchun maxsus xonalar hamda muxlislar uchun alohida zonalar qurilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda mutaxassislar hududning seysmik holatini hisobga olgan holda tuproq xususiyatlarini o‘rganmoqda.

Shahar hokimligining ma’lum qilishicha, ob’ektni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari loyiha-smeta hujjatlari to‘liq tasdiqlanganidan so‘nggina e’lon qilinadi.

Olmaota shahri qurilish boshqarmasi loyihalash bo‘limi rahbari Sirim Turlibi stadion qurilishi jarayoni haqida batafsil ma’lumot berdi:

“Hozirgi vaqtda qurilish boshqarmasi bo‘lajak stadion uchun sinov tariqasida poydevor qoziqlarini (svayalarini) tekshirishdan o‘tkazmoqda. Bu jarayon yakunlangach, qancha tayanch konstruksiyalari kerak bo‘lishi aniq belgilanadi. Stadionning eskiz loyihasi UYEFAning to‘rtinchi toifasi talablariga, shuningdek, Qozog‘iston futbol federasiyasining texnik topshirig‘iga to‘liq muvofiq tarzda ishlab chiqilgan”.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Toshkent shahrida ham qiymati 100 million dollarga teng bo‘lgan 55 ming o‘rinli yangi stadion barpo etilishi haqida xabar berilgan edi. Mazkur arena 2027-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon mamlakatlari hamkorligida o‘tkaziladigan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati uchrashuvlariga mezbonlik qilishi kutilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:07, 06.08.2026.
O'qildi: 1102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик