Angliya Premyer-ligasi grandlari «Shaxtyor» hujumchisi Kauan Eliasga qiziqish bildirmoqda. The Sun nashrining xabar berishicha, «Arsenal» va «Manchester Yunayted» skautlari 20 yoshli braziliyalik futbolchini kuzatib borishmoqda.
«Shaxtyor»ning 2026/2027 yilgi mavsumdagi birinchi o‘yinida Elias «ideal xet-trik»ni rasmiylashtirdi. Braziliyalik futbolchi bosh bilan, chap oyoqda va o‘ng oyoqda gol urishga erishdi. Braziliyalik hujumchiga shuningdek «Milan» va «Portu» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Nufuzli Transfermarkt portali Kauan Eliasni 15 million yevroga baholamoqda. Shu bilan birga, matbuotning xabar berishicha, «Shaxtyor» futbolchini ancha yuqori summaga — taxminan 35 million yevroga baholamoqda.













