«Chelsi» himoyachisi Benua Badyashil «Napoli» bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
O‘yinchining maoshi mavsumiga 2,8 million yevroni tashkil etadi.
Neapolliklar hozirda «Chelsi» bilan Badyashilni ijaraga olish va keyingi yilning yozida sotib olish huquqi bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.
Avvalroq himoyachiga «Nyukasl» ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Benua Badyashil 2023 yilning yanvaridan beri «Chelsi» sharafini himoya qiladi. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, natijali harakatlar bilan ajralib turmagan.
«Napoli» A Seriyaning o‘tgan mavsumida ikkinchi o‘rinni egallab, Chempionlar Ligasining asosiy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Massimiliano Allegri jamoasi yangi mavsumni 22 avgust kuni «Jenoa»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.













