«PSJ» «Monako» vingeri Magnes Akliush transferi bo‘yicha bitimni yakunlamoqda.
O‘yinchi shartnomani rasmiylashtirishni oxiriga yetkazish uchun Parijga jo‘nab ketdi. 24 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekadi. «PSJ» futbolchi uchun 50 million yevro to‘laydi.
O‘tgan mavsumda Akliush barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 11 ta assist bilan ajralib turdi. Fransiya terma jamoasi tarkibida Magnes Akliush JCH-2026da ishtirok etib, turnirda bitta o‘yinda maydonga tushdi.
«PSJ» o‘tgan mavsumda Fransiya chempionati va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi. Luis Enrike jamoasi yangi 2026/27 yilgi mavsumni 12 avgust kuni «Aston Villa»ga qarshi UYEFA Superkubogi uchun o‘yin bilan boshlaydi.













