«Napoli» hujumchisi Romelu Lukaku MLS va Saudiya Arabistoni klublari tomonidan bo‘lgan ba’zi takliflarni rad etdi.
Futbolchi uchun asosiy ustuvor vazifa faoliyatini Yevropada davom ettirish hisoblanadi.
Lukaku mavsum oldi yig‘inida «Napoli»ga qo‘shilmadi, unga vakillik qiluvchi agent esa boshqa klubga o‘tish borasida ish olib bormoqda.
Avvalroq Lukakuning o‘tishiga «Fenerbaxche», «Beshiktash» va «Atlanta Yunayted» qiziqish bildirayotgani, «Napoli» esa futbolchining transferi uchun 10 million yevro so‘rayotgani haqida xabar berilgan edi. Uning neapolliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida «Napoli» Belgiya terma jamoasi ixtiyoridan qaytgach, klubga o‘z vaqtida kelmagani uchun hujumchini 150 ming yevro miqdorida jarimaga tortgan edi. Shuningdek, Lukaku va «Napoli» o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani, shu sababli hujumchi yozgi transfer oynasida klubni tark etmoqchi ekani aytilgandi.
O‘tgan mavsumda Lukaku «Napoli» safida bor-yo‘g‘i 7 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
«Napoli» A Seriyaning o‘tgan mavsumini ikkinchi o‘rinda yakunladi. Yangi 2026/27 yilgi mavsumda Massimiliano Allegri jamoasi 22 avgust kuni mehmonda «Jenoa»ga qarshi o‘yin bilan start oladi.













