Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich yana bir mavsum «Milan»da qolishga qaror qildi va u klub g‘alaba qozonishiga umid qilmoqda.
«Franko — «Milan»ning sidqidildan qayg‘uradigan barcha muxlislari uchun ilhom manbai. Uning o‘limi — juda katta yo‘qotish. Biz u va uning xotirasi uchun g‘alaba qozonishni xohlaymiz», — dedi Modrich derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, «Milan» o‘tgan mavsumni Italiya chempionati turnir jadvalida faqat beshinchi o‘rinda yakunlagan edi. Modrich ushbu klubda 2025 yilning yozidan beri to‘p surib kelmoqda.













