Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Ulug‘bek Baqoyev: «Rostini aytsam, hisob 0:0 bo‘lib qoladi, deb o‘ylagandim»

Ulug‘bek Baqoyev: «Rostini aytsam, hisob 0:0 bo‘lib qoladi, deb o‘ylagandim»

Baho:
+ | -

O‘yindan keyin «So‘g‘diyona» bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida qatnashdi.

– O‘yin haqidagi fikrlaringiz?

– O‘yinda ikki teng kuchli raqib o‘zaro bahs olib bordi. Umuman olganda, butun uchrashuv davomida yaxshi, ishonchli o‘yin bo‘ldi. To‘p nazorati, xavfli hujumlar ham «Andijon», ham bizning jamoa tomonidan bo‘ldi. Birinchi taym — 0:0, ikkinchi taymda ham xuddi shunday holat kuzatildi. Ularda ham vaziyatlar bo‘ldi, bizda ham.

Rostini aytsam, hisob 0:0 bo‘lib qoladi, deb o‘ylagandim. Ammo futbolchimiz mahorati va vaziyatni ijro etishi o‘z so‘zini aytdi. U gol urdi, juda chiroyli gol bo‘ldi. Shuning uchun jamoamizni, futbolchilarimizni o‘zini ayamagani, o‘yin intizomi va g‘alaba bilan tabriklamoqchiman! Endi keyingi o‘yinga tayyorlanamiz. «Andijon» jamoasiga esa keyingi uchrashuvlarda omad va yaxshi o‘yin tilayman.

– O‘tgan turda Doriyev xet-trikka erishdi va jamoangiz g‘alaba qozondi. Bugun ham Doriyev yagona golni urdi va navbatdagi uch ochko. Doriyevsiz «So‘g‘diyona»ni qanday tasavvur qilish mumkin?

– Bugungi kunga kelib, u yaxshi o‘ynayapti, jamoaga foyda keltiryapti. Agar u bo‘lmay qolsa, keyin bu savolga javob berishim mumkin. Hozir bu savolga javob berish qiyin. Menimcha, uning vaziyatlarni ijro etishi, umuman olganda, jamoaga natija olib kelyapti. Biz uning kuchli tomonlarini bilamiz. Shuning uchun uni ayrim o‘yin vaziyatlaridan ozod qilishga harakat qilamiz, toki u uchrashuv davomidagi vaziyatlarni yakunlay olsin. Unda bu yaxshi chiqyapti. Agar Doriyev bo‘lmasa... bilmadim, qandaydir o‘ynaymiz, ehtimol.

– O‘yin oxirida Golban jarohat oldi. Hozir uning holati qanday? Jiddiymi?

– Hozir bu haqda aniq aytish qiyin. Hozir shifokor o‘z ishini qiladi, oyog‘ini tekshirib ko‘radi. Ertaga MRT qilishadi. Menimcha, tizzasida jiddiy jarohat yo‘q. U yerda nimadir bo‘lgan, xolos. Yaxshi natija bo‘lishidan umid qilamiz.

Manba: @andijonpfc
Kiritildi: 23:49, 06.08.2026.
O'qildi: 1076 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик